Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

07:13:30 (GMT +5), shanba, 23 iyun 2018

O'zbekiston – Qozog'iston: Ishonchli hamkorlik taraqqiyot omili

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Achilboy Ramatov hamda Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Asqar Maminning uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Samimiy va do'stona o'tkazilgan anjumanda ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy–madaniy hamda transport sohalarida amalga oshirilgan ishlar tahlili, istiqbolli rejalar haqida fikr almashildi.

O'zbekiston va Qozog'istonning transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishonchli va manfaatli hamkorligi sezilarli darajada kengaymoqda. Xususan, temir yo'l tarmoqlarining o'zaro hamjihatlikda boshlangan faoliyati yangi sifat bosqichiga ko'tarildi. Ma'lumki, O'zbekistondan jahon bozoriga temir yo'l orqali yetkaziladigan yuklarning katta qismi Qozog'iston hududi orqali olib o'tiladi. Shu bois, ikki davlat temir yo'l tizimi sohasida
xavfsizlikni ta'minlash, yo'lovchi va yuk tashishni ko'paytirish yo'nalishida amalga oshiriladigan ishlar muhimdir. Jumladan, joriy yildan boshlab, refrejerator sektsiyalariga Qozog'iston davlatida tranzit yo'l harajati uchun 2018 yil oxiriga qadar 50 foiz chegirma taqdim etilgan edi. Bu esa qishloq xo'jaligi mahsulotlarining tannarxining
bir muncha arzon bo'lishiga, ortiqcha sarf-harajatlarning oldini olishga imkon beradi. 

Yo'lovchi tashish borasida O'zbekiston va Qozog'iston temir yo'l tarmoqlari o'rtasida kutilgan natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o'tgan yildan boshlab Olmaota – Toshkent – Olmaota yo'nalishida “Tulpor - Talgo” xalqaro yo'lovchi poezdi qatnovi yo'lga qo'yildi. 

Hozirgi kunda mazkur yo'nalish bilan bir qatorda Ostona-Samarqand shaharlari o'rtasida yo'lovchi poezdi ham xizmat ko'rsatmoqda. Shuningdek, Olmota-Nukus, Beynau-Nukus yo'nalishi bo'yicha harakatlanuvchi poezdlar barchaning uzog'ini yaqin qilmoqda. 

Uchrashuvda transport logistikasi, yo'lovchi va yuk tashish borasida bir qator qulayliklar yaratish borasida muhim masalalar bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ikki qo'shni davlatlar o'rtasidagi temir yo'l transporti borasidagi hamkorlikning yanada rivojlantirish masalalari muxokama etildi.


Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish