Temiryo‘lchilarning salomatligini mustahkamlash yo‘lida

  • 15.05.2018
  • 576

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil, 4 apreldagi 174-sonli qarori tibbiyot sohasi xodimlarining malakasini oshirish va tizimini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy bilimlari hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlash borasidagi ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilash, respublika va so‘nggi yillarda jahon tibbiyoti sohasida erishilgan yutuqlardan samarali foydalanishini ta’minlash kabi ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Shu kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Sog'liqni saqlash xizmati tasarrufidagi davolash profilaktika muassasalarida temiryo‘lchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy profilaktik xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar qatorida, “Davolash profilaktika muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va arterial gipertoniya bilan xastalangan bemorlarni davolashda yangicha yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.


“Terapiya” yo‘nalishi bo‘yicha davolash profilaktika muassasalarining poliklinika va terapiya bo‘limi mudirlari, kardiolog va fizioterapevtlar ishtirokidagi ushbu seminarda, Respublika Ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining t.f.d. professor G.A.Xamidullaevaning “Arterial gipertoniya kasalligini davolashda yangicha yondashuv”, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kardiologiya kafedrasi tibbiyot fanlar nomzodi, dotsenti Y.Sh.Talipovaning “Klimakterik yoshdagi ayollarda Arterial gipertoniya kasalligining kechish jarayoni xususiyatlari” hamda “Kamol frax” korxonasi MCHJ tijorat ishlari direktori F.A.Dadamuxamedov tomonidan “Yangi fizioterapevtik davo uskunalarida davolash” nomli ma'ruzalari bilan qatnashdilar.


Shu bilan bir qatorda, seminar ishtirokchilari Sog'liqni saqlash xizmati bosh terapevti G.K.Shadmanovaning “Davolash profilaktika muassasalaridagi terapiya bo‘limlarining 2017 yil yakuni bo‘yicha hisobotlari tahlili” hamda Sog'liqni saqlash xizmati bosh ftiziatri L.M.Kadishevaning Temiryo‘lchilarda sil kasalligini kelib chiqishida tibbiy-ijtimoiy muommolar to‘g'risida”gi ma'lumotlari va boshqa shu kabi masalalar davra suhbatida muhokama qilindi.


Seminar yakunida, har bir ishtirok etgan davolash muassasasi vakili ushbu ilmiy-amaliy seminarda olgan bilim va amaliy saboqlarini kelgusida temiryo‘lchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyotida keng qo‘llashlarini bildirib, o‘z taklif va fikr-mulohazalari bilan tajriba almashdilar.

Sog'liqni saqlash xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI