Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:27:38 (GMT +5), chorshanba, 18 iyul 2018

Yoshlar monitoringi davom etmoqda

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosarining “Monitoring o'tkazish to'g'risida”gi 539-NZ-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida yoshlar yetakchilarining o'zaro tajriba almashishi va joylarda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoshlar yetakchilari tomonidan monitoring qilinmoqda.

– “Qo'qon MTU” UK Andijon hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda monitoring ishlarini olib borish jarayonida yoshlar siyosati borasida qator ishlar amalga oshirilishi barobarida ayrim mutasaddi xodimlar tomonidan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligining ham guvohi bo'ldik, – deydi “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” AJ yetakchilar Kengashi raisi Bahodir Hamroev. – Yuzaga kelgan muammolar borasida mutasaddi rahbarlar bilan tegishli choralar ko'rilishi kelishib olindi. 


Monitoring jarayonida Andijon birlashgan temir yo'l shifoxonasida davolanayotgan temiryo'lchi yoshlar holidan xabar olish va ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishish uchun tashrif buyurdik. Andijon harbiylashtirilgan qo'riqlash otryadi qo'riqchisi Ummataliev Alisher miya o'simtasi tashxisi bilan operatsiyaga tayyorlanayotganligi guvohi bo'ldik. Ushbu operatsiyaga shifoxona bosh shifokori D.Mashrapovaning tashabusi bilan Rossiya federatsiyasidan N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya markazi professori A.V.Kozlov taklif etilgan ekan. 


Andijon birlashgan temir yo'l shifoxonasi boshlang'ich tashkitlot yetakchisi M.Ataxanov say-harakati tufayli Sog'liqni saqlash xizmati rahbari Toshpo'lat Matiboev hamda Sog'liqni saqlash xizmati yetakchilar Kengashi raisi N.Ro'ziev tashabbusi bilan ushbu be'morning barcha muolajalari bepul amalga oshirildi. Ayni kunlarda bemor bolaning ahvoli ancha yaxshilangan bo'lib, bemorning yaqinlari “O'zbekiston temir yo'llari” AJ mutasaddi rahbarlaridan minnatdor.

Ayni kungacha “Toshkent MTU” UK yetakchilar Kengashi raisi Buxoro hududida, “Qo'qon MTU” UK yetakchilar Kengashi raisi Qarshi MTU hududida, “Termiz MTU” UK yetakchilar Kengashi raisi Qo'ng'irot MTU hududida, “O'zbekko'mir” AJ yetakchilar Kengashi raisi Toshkent metropoliteni hududida, “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ yetakchilar Kengashi raisi Harbiylashgan qo'riqlash boshqarmasi hududida, “Andijon mexanika zavodi” ShK yetakchilar Kengashi raisi “Quyuv mexanika zavodi” ShK hududida monitoring olib borishdi. Monitoring natijalari bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.

Yetakchilar Kengashi raislari tomonidan olib borilayotgan monitoring ishlari davom etmoqda.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ
Yetakchilar Kengashi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish