Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

07:17:58 (GMT +5), shanba, 23 iyun 2018

Zamonaviy poezdda sayohatga marhamat!

      “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ yurtimiz axolisi va xorijlik sayyohlar uchun “Samarqand-Ostona-Samarqand” va “Toshkent-Baliqchi-Toshkent” yo'nalishi bo'yicha harakatlanadigan poezdlardan foydalanishni taklif etadi. Mazkur poezdda xushmuomala vagon kuzatuvchilari sizga yuqori darajada xizmat ko'rsatishadi. Shuningdek, restoran vagon ham sizning ixtiyoringizda. Bu yerdan chanqoq bosti ichimliklardan tortib, tansiq taomgacha topishingiz mumkin. Yana bir e'tiborga molik jihat mohir oshpazlar yo'l davomida buyurtmangizga ko'ra taomlar ham tayyorlab berishadi. Barcha vagonlar zamon talablari darajasida jihozlangan bo'lib, sovutish va isitish tizimi to'liq o'rnatilgan. Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur yo'nalishlar bo'yicha chiptalarga chegirmalar berish ham joriy etilgan.



Kupe va lyuks vagonlari uchun:

– Chiptalar poezd jo'nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 45%;
– Chiptalar poezd jo'nashidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa, 35%;

Platskart vagonlari uchun:

– Chiptalar poezd jo'nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 35%;
– Chiptalar poezd jo'nashidan 30-6 kun avval xarid qilinsa, 25%.



Agar yo'l chiptalari bitta mamlakat tasarrufida yurish uchun olinadigan bo'lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi.
  

 

“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish