×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

07:10:49 (GMT +5), shanba, 23 iyun 2018

Soha xodimlari o'rtasida qiziqarli bellashuv

    O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respub­lika Kengashi tashabbusi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, tizimda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida sohada faol ishlar amalga oshirilmoqda.

        “Lokomotiv” markaziy jismoniy sport klubida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati korxona va boshqarmalari hamda “Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasi o'rtasida tashkil etilgan mini-futbol bo'yicha musobaqa aynan ana shu maqsadlarni ko'zlaydi.
     Mazkur musobaqaning birinchi kunida “O'ztemiryo'lmashta'mir” unitar korxonasi, Harbiylashtirilgan qo'riqlash bosh­qarmasi, “O'ztemiryo'lqurilishmontaj” unitar korxonasi, Maxsus mexanizatsiyalashgan yo'l stantsiyasi ishchilaridan tarkib topgan terma jamoa o'zaro kuch sinashdi. Natijaga ko'ra, “O'ztemiryo'lmashta'mir” unitar korxonasi, Harbiylashtirilgan qo'riqlash boshqarmasi jamoasi chorak final bosqichiga yo'l oldi.
     Keyingi bellashuv Kapital qurilish direktsiyasi, “Quyuv-mexanika zavodi” sho''ba korxonasi, Axborot hisoblash markazi ishchi-xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida kechdi.
G'oliblikni Axborot hisoblash markazi hamda “Quyuv-mexanika zavodi” sho''ba korxonasi qo'lga kiritib, chorak finalda qatnashish imkoniga ega bo'ldi.
        Navbatdagi bellashuvda “Toshkent mexanika zavodi” aktsiyadorlik jamiyati, “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati, Ishlarni bosh­qarish direktsiyasi, “Toshkent metropoliteni” UK xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvda metro xodimlari hamda “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati xodimlari jamoasi g'olib bo'lib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.

     “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiya­ti, Toshkent temir yo'l muhandislari ins­tituti, Markaziy temir yo'l poliklinikasi hamda “O'zbekiston” lokomotiv deposi ishchi-xodimlaridan tuzilgan jamoalar o'rtasidagi qiziqarli bellashuvda temiryo'lchi talabalar hamda depo jamoasi chorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
     Murosasiz kechgan chorak final o'yinida yarim final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi: “O'ztemiryo'lmashta'mir” unitar korxonasi, “Toshkent metropoliteni” UK, “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati, “Quyuv-mexanika zavodi” sho''ba korxonasi.
       Final bosqichida yarim final g'oliblari “O'ztemiryo'lmashta'mir” unitar korxonasi hamda “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati jamoasi vakillari irodali o'yin namoyish etib, munosib o'rinlarni egalladi.
      Yakuniy natijalarga ko'ra, mutlaq g'oliblikni “O'ztemiryo'lmashta'mir” unitar korxonasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati, uchinchi o'rin esa “metrochilar”ga nasib etdi.
        G'oliblarga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish