Ơzbekiston- Eron: Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

  • 30.05.2018
  • 425

Ayni kunlarda mamlakatimizda Eron Islom Respublikasi yơllar va shaxarsozlik vaziri boshchiligida delegatsiya  mehmon bơlib turibdi. Tashrifning birinchi kuni delegatsiya  a'zolari ishtirokida “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyatida uchrashuv bơlib ơtdi. Unda Ơzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi ơrinbosari, “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov va Eron Islom Respublikasi yơllar va shaxarsozlik vaziri Abbos Oxundiy ishtirok e'tishdi.


    Dastlab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar istisodiyotning turli bo'g'inlari, ayniqsa, yơlsozlik, transport va logistika, savdo-investisiyaviy sohalarda ham jadal rivojlanib borayotgani ta'kidlandi. Samimiy va ơzaro ishonch ruhida ơtgan uchrashuvda ikki davlat ơrtasida savdo-iqtisodiy, qurilish va transport sohalarida manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama e'tildi.
     Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2017 yil Ơzbekiston va Eron davlatlari ơrtasida ơzaro savdo aylanmasi 325 million AQSh dollarni tashkil e'tgan.Tomonlar ushbu kơrsatkich hali imkoniyatlar darajasida masligini alohida ta'kidlab, mavjud quvvatlardan tơliq foydalangan holda kelgusida bu kơrsatkichni 500 million AQSh dollariga etkazish mumkinligi yuzasidan fikr mulohazalar bildirdilar.



    Suhbat davomida ikki davlat temir yơl tashkilotlari ơrtasidagi aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish, ơzaro yuk tashish borasida hamkorlikni mustahkamlash, avtotransportda tashuvlarni amalga oshirish tơg'risida ham sơz  uyritildi. Shuningdek, tomonlar Ơzbekiston–Turkmaniston– Eron–Ummon mintaqalararo transport yơlagi faoliyati borasida ham fikr almashishdi. Tadbirda ikki mamlakat ơrtasida yangi avia reyslarni joriy e'tish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Bunday imkoniyatlarni yaratish ikki davlat xalqlari ơrtasida bordi-keldilarni yơlga qơyish, sayyohlikni rivojlantirish, madaniy aloqalarni  yuksaltirishga xizmat qiladi deya  ta'kidlandi.
     Muzokaralar davomida Abbos Oxundiy avvalo turli shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli haqida sơz yuritdi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil siyosat, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bundan keyin ham Ơzbekiston – Eron Islom Respublikasi ơrtasidagi dơstlik aloqalarini yanada kengaytirishni aytib ơtdi.



    Ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida Abbos Oxundiy ayni paytda Ơzbekiston kơpgina jihatlari bilan Markaziy Osiyodagi qudratli mamlakat e'kanligini ta'kidladi. Uning boy madaniy merosi, tarixiy obidalarini kelib kơrishga eronliklarda ham qiziqish juda  uyqori e'kanligini qayd e'tdi. Shuningdek, tarixiy obidalarni qayta ta'mirlash, zamonaviy shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarida ikki mamlakat mutaxassislarining hamkorligi yuqori natija berishiga e'tibor qaratdi.
       Suhbat davomida delegasi a'zolari ơzlarini qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI