Munosiblar taqdirlandi

  • 01.06.2018
  • 328

Har yili mamlakatimiz temir yo'l sohasi va xalqaro temir yo'l aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan, uzoq yillar samarali mehnat qilgan temiryo'lchilarni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi temir yo'l transporti ma'muriyatlari Kengashi tomonidan ta'sis etilgan Faxriy yorliq bilan taqdirlash yaxshi an'anaga aylangan.


Joriy yilda ushbu e'tirofga “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati Elektr ta'minoti boshqarmasi boshlig'i Ma'murjon Sulaymonov, “Sihatgoh” sanatoriy-profilaktoriysi bosh shifokori, O'zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo'l mintaqaviy tashkiloti raisi Nargiza Alimuhamedova hamda  “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi direktori Zaynobiddin Ayubjonov sazovor bo'ldi. Kuni kecha ularga  Kengash Faxriy yorlig'i topshirildi.

Bu mukofot bilan fidoyi temiryo'lchilarni tabriklaymiz. 

Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI