Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

11:18:50 (GMT +5), shanba, 22 sentabr 2018

Qabul komissiyasida Axborot-maslahat markazi tashkil etilgan

Abiturientlar va ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot qilgan holda ularda yuzaga kelgan turli savollar bo'yicha tushuntirish va maslahatlar berishni ko'zda tutib, institut qabul komissiyasida Axborot-maslahat markazi tashkil etilgan.

 

Axborot-maslahat markaziga yuqori malakali, ko'p yillik tajribaga ega professor-o'qituvchilar jalb etilgan bo'lib, ushbu markazda qabulga oid me'yoriy hujjatlar, statistik ma'lumotlar, kasbga yo'naltiruvchi targ'ibot-tashviqot lavhalari, maslahatlar jadvali, e'lonlar va boshqa zarur ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, Axborot-maslahat markazi tashkil etilgan hududa 2018/2019 o'quv yili qabuligi oid, jumladan test sinovlarini o'tkazish bo'yicha yangi o'zgarishlar, institut bo'yicha ta'lim yo'nalishlari, o'qitish tillari va shakllari, institutning bakalavriati hamda magistraturasiga talabalarni o'qishga qabul qilish tartiblari to'g'risidagi Nizomlar, imtihon shakllari, ta'lim yo'nalishlarining test bo'yicha muvofiq keluvchi fanlar majmuasi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarni respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibi, nogironlarga ajratilgan davlat granti asosida qo'shimcha umumiy qabul qilishning 2% li kvotalari, Quroli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo'yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun davlat granti asosida qo'shimcha umumiy qabul qilishning 5%li kvotalari bo'yicha o'qishga qabul qilish tartiblari to'g'risida tegishli tushuntirish va konsul`tatsiya olish mumkin.

 

Axborot-maslahat markaziga (institut qabul komissiyasining 107 aud.) alohida biriktirilgan telefon raqamlari (+998712990243) orqali murojaat qilish hamda telegram (@ttymi_abituriyent), facebook (https://fb.me/qabul2018) ijtimoiy tarmoqlarida tezkor ma'lumotlarni olish mumkin.

Toshkent temir yo'l muhandislari instituti ma'muriyati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish