Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:34:07 (GMT +5), shanba, 17 noyabr 2018

Yangi yo'nalishlar: qabul jarayoni davom etmoqda

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida qabul jarayoni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish to'g'risida”gi PQ-3769-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

2018/2019 o'quv yili uchun Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga o'qishga qabul qilish bo'yicha umumiy kvota:

- bakalavrlar uchun 1275 nafar, shu jumladan, davlat grantlari – 280, to'lov-kontrakt – 995;

- magistrlar uchun 105 nafar, shu jumladan, davlat grantlari - 13, to'lov-kontrakt - 92;

- maxsus sirtqi bo'limlarda bakalavrlar uchun to'lov-kontrakt asosida - 90.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-son qaroriga movofiq 2018/2019 o'quv yilida TTYMIda “Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (ko'priklar va tonnellar)” ta'lim yo'nalishi hamda “Vagonsozlik” mutaxassisligi bo'yicha yangi yo'nalishlar ochilmoqda.


Toshkent temir yo'l muhandislari instituti maxsus sirtqi bo'limining ta'lim yo'nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta'lim yo'nalishiga muvofiq o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo'lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 417-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalariga nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'shimcha davlat granti kvotalari asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizom” qoidalari asosida, TTYMIga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ajratiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3726-sonli Qaroriga muvofiq 2018/2019 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo'yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun davlat granti asosida oliy ta'lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko'rsatkichlari kvotasidan tashqari institutning umumiy qabul sonidan bakalavriyatga qabul qilishning besh foizli kvotasi ajratiladi. Bu bilan bir qatorda, 2018/2019 o'kuv yilidan boshlab Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlar, shartnoma bo'yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni o'tashda halok bo'lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o'tashda yarador bo'lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo'lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo'lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriyatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar.

Institut qabul komissiyasi akademik litsey hududida abiturientlar va ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot qilish uchun ularda yuzaga kelgan turli savollar bo'yicha tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Axborot-maslahat markazi hamda Call-sentr tashkil etilgan (107-aud. Tel.: 299-05-56, 299-02-43, 299-02-74, 299-02-34, 299-04-99). Shuninigdek, tezkor ma'lumotlari bilan institut rasmiy saytiga (www.tashiit.uz), telegram (@ttymi_abituriyent) hamda facebook (http://fb.me/qabul2018) ijtimoiy tarmoqlariga murojaat etishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2018/2019 o'quv yiliga Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga o'qishga qabul qilish to'g'risidagi arizalar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Endilikda test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenada o'tkaziladi. Bunda birinchi smena soat 8:00da, ikkinchi smena 15:00da boshlanadi.

Toshkent temir yo'l muhandislari instituti ma'muriyati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish