Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:35:46 (GMT +5), shanba, 17 noyabr 2018

Imtiyozli diplomlar topshrildi

Toshkent temir yo'l muxandislari institutining faollar zalida “Bitiruvchi – 2018” tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda «O'zbekiston temir yullari» AJning Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig'i, institut rektori, prorektorlar, dekan va dekan muovinlari, bitiruvchi bakalavr hamda magistrlar, ularning ota–onalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida «O'zbekiston temir yullari» AJning personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig'i Navro'z Erkinov, institut xodimlar bo'limi boshlig'i Zebo Tulaganova, texnika fanlari doktori, professor Nazrilla Ibragimov, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulaziz Ortikboev, texnika fanlari doktori, prorektorlar Shukurali Tursunov hamda Feruza Karimovalar so'zga chiqdi, bitiruvchilaga oq yo'l tilab, iliq tilaklarni bildirdilar, imtiyozli diplomlarni topshirdilar.



Ta'kidlash lozimki, institutni 2017–2018 o'kuv yilida 21 ta'lim yo'nalishlari bo'yicha jami 1017 nafar bakalavr, shu jumladan 311 nafar davlat grantlari asosida, 12 mutaxassislik bo'yicha jami 66 nafar magistr, shu jumladan 32 nafar davlat granta asosida, hammasi bo'lib 1083 nafar yosh mutaxassislar, shundan 94 nafar bakalavr hamda 66 nafar magistr imtiyozli tamomladi.

Joriy yilning aprel` oyida 2017–2018 o'kuv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash bo'yicha tadbirlar tashkil etilgan edi. Endilikda bitiruvchilar belgilangan korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyatini yuritishni boshlaydilar.



E'tiborlisi, taqsimot komissiyasi tomonidan olib borilgan taqsimot ishlari yakuniga ko'ra, institutni 2017-2018 o'quv yilida bitiruvchilarni dastlabki taqsimoti bo'yicha bitiruvchi bakalavrlarning va magistrlarning 100,0% "O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi tizim birliklariga yo'llanma olgan. Bitiruvchilar asosan "O'zbekiston temir yo'llari"AJ tasarrufidagi korxona va tizim birliklariga ishga taqsimlanadilar. Bundan tashqari turli sanoat korxonalarida ham institut bitiruvchilariga ehtiyoj mavjud bo'lib, ular jumlasiga “Navoiy tog'-metallurgiya kombinati”AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ kiradi.

Toshkent temir yo'l muxandislari instituti

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish