Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

06:10:18 (GMT +5), dushanba, 16 iyul 2018

Tahlil, tafsilot va istiqbolli vazifalar

Kuni kecha “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida sohada 2018 yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar, galdagi vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda boshqaruv raisi o'rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. 

Dastlab, “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Fazliddin Sagdullaev so'zga chiqib, yig'ilganlarga kun tartibi doirasida ko'riladigan masalalar yuzasidan ma'lumot berdi hamda I-yarim yillikda erishilgan yutuqlarni tahlil etdi.


Shundan so'ng tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig'ining hisoboti tinglandi. Unda yuk tashish borasida qilingan ishlar, chuqur tahlil qilindi. Unga ko'ra, o'tgan davr davomida temir yo'llar orqali yuk aylanmasi 100,8 foizga bajarilgan. Lokomotiv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i hisobotida teplovozlar va elektrovozlardan unumli foydalanish, ularning texnik sozligi, belgilangan rejalar bajarilishi haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, ta'mir sifatiga alohida e'tibor qaratish, extiyot qismlar o'z vaqtida yetkazib berish bo'yicha topshiriqlar ham berildi.

Yig'ilish davomida stansiyalarda me'yoridan ortiq turib qolgan vagonlardan jarimalar undirish bo'yicha ma'lumotlar berildi. “O'ztemiryo'lxisob” markazi ma'lumotiga ko'ra “Buxoro”, “Qarshi”, “Qo'qon” va “Termiz temir yo'l mintaqaviy uzeli” unitar korxonalari esa bu borada yuqori natijaga erishgan.


Ogohlik, xushyorlik bor joyda talofatlar kamayadi, ish unumi yuqori bo'ladi albatta. Shu bois temir yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash yig'ilish ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o'rinborsari Akmal Kamolovning ta'kidlanishicha, bu yo'nalishda jami 3064 tekshiruvlar olib borilgan. Joriy yil boshidan beri xududlarda bir qancha kamchilik aniqlangan. Muxokama jarayonida ushbu xolatlar bo'yicha jiddiy choralar ko'rish, javobgarlikni yanada oshirish taklif etildi. Shuningdek, “Obod temir yo'l xududi” dasturini ishlab chiqish bo'yicha topshiriqlar ham berildi.


Shuningdek, majlis ishtirokchilariga 2018–2019 yillardagi kuz-qish mavsumiga ko'rilayotgan tayyorgarlik bo'yicha maxsus tayyorlangan tahliliy-tanqidiy film namoyish etildi. Shundan so'ng mazkur yo'nalishda qilinishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Yig'ilishda kelgusida amalga oshirilish zarur bo'lgan eng muhim vazifalar belgilanib uning ijrosini ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda korxona va tashkilotlarning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ishchi-xodimlarning oylik maoshlarini bugungi kun talablardan kelib chiqqan holda ko'paytirishni ta'minlash bo'yicha ham zarur topshiriqlar berildi. Ko'rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish