Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:05:52 (GMT +5), shanba, 20 oktabr 2018

Temiryo'lchi xotin-qizlar o'rtasida “Yil ayoli” ilk ko'rik-tanlovi

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har tomonlama ibratli temiryo'lchi ayollarni aniqlash, ularning ilg'or hayot va ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovini  o'tkazish rejalashtirilgan edi.

“Yil ayoli” tanlovi ishtirokchilari muayyan bir sohada ko'p yillar mehnat qilib, yutuqlarga erishgan, o'ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilgan, sohani rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yangiliklar yaratishi va yoshlarga o'z kasbining sir-asrorlarini o'rgatib, shogirdlar tayyorlashi, mehnat jamoasidagi yuksak obro'-e'tibori, jamoat ishlarida faol ishtiroki, ijodkorligi, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo'lishi hamda mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar mazmun-mohiyatini to'g'ri anglashi va ularni qo'llab-quvvatlashi bilan alohida ajralib turadigan yetuk intelektual salohiyatli ayollarni tashkil etadi.


“Yil ayoli” tanlovi rejasiga asosan uning hududiy bosqichlari joylarda o'tkazilib, 3 nafargacha bo'lgan nomzodlar jami 80 ta hujjat keyingi bosqichda ishtirok etish uchun Respublika tashkiliy qo'mitasiga taqdim etildi. Tanlov Nizomiga asosan Respublika tashkiliy qo'mitasi “Yil ayoli” tanlovi Respublika g'oliblarini aniqlash uchun tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini o'rganib chiqdilar va quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar:



“Gran-pri”  oliy o'rin 

Xodjaeva Nodira Sharifovna    
- Toshkent temir yo'l muhandislari institutining katta o'qituvchisi

1-, 2-, 3-o'rinlar

Mustafaeva Saida Tel`manovna    
- “Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi” AJning muhandisi

Pardaeva Iroda Mamayunusovna  
- Samarqand temir yo'l transporti kasb-hunar kolleji direktor urinbosari

Abduqodirova Parshagul Abdiramanovna  
- Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli bo'lim muhandisi

“Yilning eng bilimli pedagog ayoli”  

Samiqova Dilnoza Sunnatullaevna  
- Toshkent temir yo'l transporti kasb-hunar kolleji yetakchi o'qituvchisi 

“Yilning eng fidoyi tibbiyot xodimi”  

Qadirova Mavluda Abrarovna    
- Markaziy Klinik shifoxona bo'lim boshlig'i

“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”  

Mavlyanova Mo''tabar Axralxodjaevna  
- “Toshkent Mexanika zavodi” AJ muhandisi

O'z kasbining ustasi bo'lgan yil ayoli”  

Qayumova Dilnoza Safarovna    
- Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli texnigi

Raximova Surayyo Saidmuratovna  
- “O'zbekiston temir yo'llari” AJ yetakchi muhandisi

“Korxona faxri bo'lgan yil ayoli”  

Aralova Zubayda Ishmamatovna  
- Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli muhandisi

“Xotin-qizlar o'rtasida sport va sog'lomlashtirish yo'nalishidagi faolligi uchun”

Saidxodjaeva Malika Xamidovna    
- “Lokomotiv” Markaziy jismoniy sport klubi direktori

“Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchisi” 

Xadjieva Dilfuza Beknazarovna    
-  “Uzvagonta'mir” AJ Xovos vagon deposi muhandisi

“Yilning eng namunali boshlang'ich tashkiloti raisi” 

Mamadalieva Fotima Sodiqovna    
- Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli navbatchisi 


G'oliblar tantanali ravishda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ rahbariyati va  xotin-qizlar qo'mitasining diplomi va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Sayt ma'muriyati



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish