Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

20:44:50 (GMT +5), yakshanba, 21 oktabr 2018

Yurtimiz farovonligi va dasturxonimiz to'kinligida temiryo'lchilarning xissalari

Temiryo'lchilarning kasb bayrami munosabati bilan Markaziy temiryo'lchilar madaniyat saroyida o'tkazilgan tadbirda "Sardoba temir yo'l agrosanoat majmuasi" unitar korxonasi o'z mahsulotlarini va karving san'atini namoyish etdi. 



Ma'lumot uchun, "Sardoba temir yo'l agrosanoat majmuasi" UK, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toldirish yuzasidan qoshimcha chora tadbirlar tog'risida"gi  PQ-1047 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi N-01-03-10 sonli topshirigi asosida, 2015 yilning 10 sentyabrida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining 361- N sonli buyrug'i asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida tashkil etilgan.

Korxona hududidagi er maydonlari 2017-2018 hosil yili uchun 5002,7 gektar bo'lib, shundan 3576,6 gektar er ekin ekiladigan maydondan iborat. Korxonaning asosiy faoliyat turlaridan biri chorvachilik xo'jaligi hisoblanadi. 2016 yilda korxonaga 313 bosh zotdor qoramollar olib kelingan bo'lib, hozirgi kunga  kelib ularning soni 719 boshga etdi.  2018 yil boshida korxonaga 4 bosh ot, 2 bosh tuya, 100 bosh qo'y olib kelingan. 

Undan tashqari korxonada asalarichilik, baliqchilik, bog'dorchilik va quyonchilik hojaliklari ham tashkil etilgan.

Hozirgi kunda korxona bosh direktori Maksudhodjaev Furqat Ikromovich boshchiligida 382 nafar ishchi hodimlar faoliyat yuritmoqda.

"Sardoba temir yo'l agrosanoat majmuasi" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish