Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:27:39 (GMT +5), dushanba, 24 sentabr 2018

Qatnov jadvalidagi ayrim o'zgartirish

Hurmatli yo'lovchilar!

2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida  birinchi xalqaro “Maqom-2018” san'at anjumani o'tkazilishi munosabat bilan  yo'lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o'zgartirish kiritiladi. Unga ko'ra:


1) 6.09.2018 yil Urganchdan Toshkentga jo'naydigan №55 sonli poezdning Kattaqo'rg'ondan Samarqandgacha;
2) 6.09.2018 yil Toshkentdan Termizgacha  jo'naydigan №380 sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha;
3) 6.09.2018 yil Andijondan Urganchga jo'naydigan №393 sonli poyezdning G'allaoroldan Ziyovuddingacha;
4) 6.09.2018 yil Toshkentdan Buxoroga jo'naydigan №662 sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha;
5) 6.09.2018 yil Sariosiyodan Toshkentga jo'naydigan №679 sonli poyezdning Kayirmadan G'allaorolgacha bo'lgan masofadagi harakat jadvali o'zgartiriladi.

Shuningdek, 2018 yil 5-6 sentyabr kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi №766/765-sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi. 

Ushbu reyslarga chipta olgan yo'lovchilar kassaga murojaat qilishlarini so'raymiz. Mazkur poyezdlarga olgan chiptalarini boshqa poyezdga almashtirib, yoki  foiz ushlamasdan chipta pullarini to'liq qaytarib olishlari mumkin.

Sizlardan bu bo'yicha quyidagi kassalarga murojaat qilishingizni so'raymiz:

1. Toshkent shahridagi yo'lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga;
2. Samarkand shahridagi yo'lovchilar“Samarkand” vokzalidagi 1-sonli kassaga;
3. Buxoro viloyatidagi yo'lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va  3-sonli kassalarga;
4. Navoiy shahridagi yo'lovchilar esa Navoiy vokzalidagi  3-sonli kassalarga.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotlarni 1005 telefon raqamidan (poytaxtdagi ma'lumot byurosi) hamda xududlardagi ma'lumot bo'limlaridan, shuningdek, “O'zbekiston temir yo'llari ”AJ rasmiy veb saytilaridan bilib olishingiz mumkin: www.railway.uz, www.uzrailpass.uz.   

Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish