Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

13:47:19 (GMT +5), seshanba, 20 noyabr 2018

Maxsus avtomobillar foydalanishga topshirildi

   Joriy yilning 13 sentyabr kuni “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo'lsozlarga qulayliklar yaratish, ularning faoliyatida ish unumdorligini yanada oshirish maqsadida 20 ta zamonaviy maxsus xizmat avtomobili foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan Toshkent Janubiy vokzalida taqdimot marosimi o'tkazildi.


“O‘ZAVTOSANOAT” aksiyadorlik jamiyatining “Samarkand avtomobil zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilgan “ISUZU” rusumidagi mazkur xizmat avtomobillari keng qulayliklarga ega. Avtomobil 16 ta yo'lovchi sig'miga ega bo'lib, kuzov ichida yumshoq o'rindiqlar o'rnatilgan. Yuk ko'tarish quvvati 3 tonna 450 kilogrammni tashkil etadi. Yuqori tezligi 90 kilometr soatdan ortadi. Yoqilg'i sarfi 100 kilometrga 20 litrni tashkil qiladi.

Kuzov qismida ham havo haroratini mo'tadil saqlovchi sovutgich o'rnatilgan. Bundan tashqari ish qurollari joylashtirish uchun maxsus joylar ham mavjud bo'lib, u yo'l xo'jaligida kerakli bo'lgan uskunalarni o'rnatish va tashishga mo'ljallangan. Avtomobilning uzunligi 6,730 metr, balandligi – 3,020 metr, eni – 2,230 metr. Umumiy og'irligi – 8000 kg. Kuzovning shift qismida avariya lyuki mavjud.


Mazkur zamonaviy avtomobillar korxonalardagi eskirgan texnikalarni yangilash dasturi bo'yicha xarid qilindi. Mazkur texnikalar tarmoqning xududiy bo'linmalariga tarqatildi. Shuningdek, aktsiyadorlik jamiyatining energetiklari hamda signalizatsiya va aloqa xizmatida ishlayotgan mutaxassislar uchun ham maxsus labaratoriya avtomobillari foydalaninishga topshirildi.

Taqdimot marosimida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati kelgusida buyurtma asosida tarmoqning boshqa yo'nalishlari uchun ham shu kabi zamonaviy avtomobillarni xarid qilishni rejalashtirganligi aytib o'tildi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish