Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

13:45:23 (GMT +5), seshanba, 20 noyabr 2018

Kadrlar tayyorlash takomillashtirilmoqda


O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarni tayyorlash bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Albatta, mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishishi salohiyatli rahbar kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bog'liq. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlariga qo'yilayotgan talablar, ularning mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Quvonarlisi, xodimlarni qayta tayyorlash, malakalarini yanada oshirishda ilg'or xorijiy tajribalar qullanilayapti. Bu esa boshqaruv tizimidagi yangicha yondashuvda muhim omil bulmoqda.

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyatida ham bu borada qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 14 iyul kungi 1144-NZ buyrug'iga ko'ra, Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo'l markazida yuqori va o'rta bug'in boshqaruv kadrlarining zamonaviy sharoitda moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni boshqarish yo'nalishi bo'yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Bunday sa'y-harakatlarni amalga oshirishdan ko'zlangan asosiy maqsad kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning zaxirasini shakllantirish, menejment, marketing va ma'muriy biznesning zamonaviy usullari borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat. 

Zamonaviy sharoitda moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni boshqarish yo'nalishi bo'yicha tashkil etilgan ilk o'quv kursida jami 14 nafar temiryo'lchi tahsil oldi. E'tiborli jihati, shu kungacha barcha xodimlar qiska muddatda o'z yo'nalishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirishgan bo'lsa, endilikda barcha yo'nalishlardan tanlab olingan yuqorii va o'rta bug'in rahbarlari bir maqsad yo'lida birlashtirildi. Ular moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni boshqarish bo'yicha uqitildi. Ularga kat`iy belgilangan jadval asosida darslar tashkil etildi. Tinglovchilar kun tartibiga O'zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasi, O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori va uning rivojlanish tendentsiyasi, temir yo'l transportida marketing, korporativ boshqaruv madaniyati va etikasi kabi zamonaviy fanlar tatbiq etildi. 3 oy davomida yetakchi professor-uqituvchilar, tegishli boshqarma boshliqlari tinglovchilarga o'z bilim va tajribalarini ulashishdi. Aktsiyadorlik jamiyati yuqori va o'rta bo'g'in boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kursi yakuniga ko'ra, temiryo'lchilar test sinovlarini topshirishdi. Ta'limni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar maxsus sertifikata ega bo'ldi.

Quyida tashkil etilgan uquv kursida tahsil olgan tinglovchilarning fikrlari havola etiladi. 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish