Xalqaro miqiyosidagi anjuman mohiyati


Ma’lumki, 2018 yil 20-21 sentyabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo'laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro anjuman o'tkaziladi.

- Temir yo'l transporti orqali yuklarni tashish O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, - deydi texnika fanlari nomzodi, dosent Sh.Suyunboev. Oqilona tarzda  xalqaro transport koridorlarining shakllanish va rivojlanish strategiyasining tuzilishi mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydi. 

Ta’kidlash lozimki, temir yo'l transportida eng katta foyda keltiruvchi tashishlar bu tranzit tashishlar hisoblanadi. So'nggi yillarda respublikaning tranzit salohiyatidan foydalanish yuqori darajada emasligi kuzatilmoqda.

Ushbu, xalqaro miqiyosidagi anjuman Markaziy Osiyo hududidagi tranzit mamlakatlar orqali asosiy yo'nalishlar bo'yicha o'tayotgan tranzit oqimlarining yo’nalishlarini va respublika temir yo'llarini tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va texnik chora-tadbirlar ishlab chiqishiga hamda Markaziy Osiyodagi transport koridorlarining shakllanishi O'zbekistonning milliy manfaatlari nuqtai nazaridan tadqiq etishga imkoniyatlar yaratadi.

 Axborot xizmati


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI