Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

20:42:41 (GMT +5), yakshanba, 21 oktabr 2018

Bugun ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovi boshlandi.

Ma'lumki, temir yo'l transporti ishonchli, qulay va xavfsiz. Shu bois yildan–yilga dunyo bo'yicha ushbu tarmoq imkoniyatlaridan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida yuklarning asosiy qismi temir yo'l orqali tashiladi. 


Bugungi kunda O'zbekistonda yuk tashuvlarning 60 foizdan ziyodi ushbu transport ulushiga to'g'ri keladi.
O'zbekiston temir yo'llari aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent-Pop-(Roustan)-Marg'ilon-Andijon yo'nalishida yo'lga qo'yilgan mazkur poyezd aniq jadval asosida harakatlanadi. 20 futlik konteynerlarda yuklar Toshkentdan Andijonga, shuningdek, Andijondan Toshkentgacha 10 soatda olib boriladi. Agar konteynerlar Pop, Marg'ilon stantsiyalariga yuboriladigan bo'lsa, u holda yuk yana ham qisqa vaqtda o'z egasiga yetkaziladi.
Ta'kidlash joizki, qishning qahraton sovuq,qorli kunlarida Qamchiq dovonidagi tirbandliklar, ovoragarchiliklar, ortiqcha vaqt yo'qotishlar tadbirkorlarning ishlarida ko'plab noqulayliklar keltirib chiqaradi. Mazkur ekspress konteyner yuk poezdi aynan shunday holatlarning oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yo'lga qo'yildi.


Platformaga konteynerlarni ortish va tushirish jarayonlari temir yo'l tomonidan amalga oshiriladi. Uning xarajatlari har bir konteyner uchun to'lanadigan umumiy to'lov  hisobi (1 mln so'm)ga kiritilgan. Bugungi kunda tadbirkor boshqa transport vositasida Toshkentdan Andijongacha olib boradigan yuki uchun 1,5 -2 mln so'm atrofida xarajat qiladi. Shularni inobatga oladigan bo'lsak, ushbu ekspress konteyner yuk poezdi nafaqat tadbirkorlarga, balki mazkur yo'nalishda konteynerda yuk jo'natish istagida bo'lgan oddiy fuqarolar uchun ham juda katta qulaylikdir. 


Mutaxassislarning so'zlariga qaraganda bugun dastlabki qatnovini boshlagan ekspress konteyner yuk poyezdining ushbu yo'nalishda 1 haftada 2 marta harakati amalga oshiriladi. 
Keyinchalik buyurtmalar ortishiga qarab qatnovlar sonini ko'paytirish, bundan tashqari respublikamizning boshqa xudulariga ham bunday poezdlar qatnovini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish