Temiryo'lchilar xalqaro ko'rgazmada

Poytaxtimizda “Transport va Logistika – TransUzbekistan-2018” 15-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Unda Ozarbayjon, Belarus, Qozog'iston, Xitoy, Litva, Latviya, Turkiya, Rossiya, Turkmaniston va mamlakatimizning 40 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Unda transport-logistika xizmatlari, harakatdagi poezdlar va temir yo'l infratuzilmasi, avto ehtiyot qismlari, tijorat transporti, harakatlar xavfsizligi hamda tegishli xizmatlar taqdim etildi. 

Ma'lumki, mahsulotlarning import va eksport qilinishida yuk tashish va logistikaning o'rni beqiyos. Bu borada “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa temir yo'l transportiga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Shu bois xalqaro tadbirda bir yo'la tarmoqning “Yo'lreftrans” aktsiyadorlik jamiyati, “O'ztemiryo'lkonteyner” aktsiyadorlik jamiyati hamda “O'zbektemiryo'lekspeditsiya” unitar  korxonalari faol qatnashdi.

E'tiborlisi, mazkur ana'naviy ko'rgazmada ilk bor Turkmanistondan Turkmanboshi xalqaro dengiz porti, Rossiyaning Birlashgan vagonlar kompaniyasi, Qozog'istonning Tengri Logistics, Petrochemical Transportation Company vakillari ishtirok etishdi. Ular logistika markazlari imkoniyatlar haqida barchaga ma'lumotlar berildi.   

Albatta, bunday xalqaro ko'rgazmalar jahon bozoriga yanada kirib borish, yangi hamkorlar bilan ishlash imkonini taqdim etadi.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI