Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:15:00 (GMT +5), chorshanba, 20 mart 2019

“ANHOR-LOKOMOTIV”: yangi yilda yangi tuhfalar

Yurtimiz aholisi va poytaxtimiz mehmonlarini bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishi va maroqli hordiq chiqarishini ta'minlashni maqsad qilgan “Anxor-Lokomotiv” bog'i kirib kelayotgan yangi yil bayrami uchun o'ziga xos sovg'alar tayyorlab qo'ydi. 


Ushbu sovg'alar nafaqat bolajonlarni balki ularning ota-onalarini ham xushnud etishi tabiiy, negaki, bu yilgi bayram kunlarini aynan “Anhor-Lokomotiv” bog'ida o'tkazishga sabablar ko'p. Jumladan, endi bog'ga tashrif buyuruvchilar avtomobilni qaerda qoldirish muammosi haqida bosh qotirmasa ham bo'ladi. Shu yilning 22 dekabridan boshlab bog' xududida 500 ta avtomobil` o'ringa mo'ljallangan ko'p qavatli avtoturargoh o'z ishini boshlaydi.


Yangi 2019 yil arafasida bog' ma'muriyati yana bir ajoyib tuhfaning tantanali taqdimotiga taklif qilmoqda. Ya'ni, 22 dekabr kuni soat 17:00da Uzbekistonda eng baland bo'lgan “Charxpalak” attraktsioni foydalanishga topshiriliadi. Eng yuqori nuqtasi 72 metr bulgan ushbu attraktsion 48ta yopiq turdagi kabinadan iborat (8tasi VIP). Bularning xar biri ajoyib chiroqlar va o'ziga xos bayramona illyuminatsiya bilan bezatilgan bo'lib, poytaxtimiz manzarasini yuqoridan tomosha qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Bir vaqtning o'zida 272 kishiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan charxpalakning to'la aylanishi 12 minutni tashkil etadi.


Shuni alohida ta'kidlash joiz, charxpalak attraktsionining o'ziga hos nomi ham bor – “Anhor yulduzi”. Bunday nomlanishida keng jamoatchilik faol ishtirok etib, ijtimoiy tarmokda e'lon qilingan tanlov asosida tanlab olingan.

“Anhor-Lokomotiv” bog'i barcha tashrif buyuruvchilar va ayniqsa bolajonlar yangi yil tarovatini xis qilishlari uchun astoydil harakat qildi. Bu yerda yangi yilning ajralmas bir timsoli va bosh qaxramoni bo'lmish archa esa, avvalgilaridan yanada jozibali va go'zaldir. Bog' o'ziga xos tarzda, turli o'zgarib turuvchi hilmahil chiroqlar, g'aroyib installyatsiya va yangi yil ramzlari bilan butunlay bezatilgan. Shuningdek, bayram kunlari bog'da turli qiziqarli tomosha dasturlari ham namoish etiladi.


Bir so'z bilan aytganda, bayram kunlarini oila bilan birgalikda bu yerda “Anxor-Lokomotiv” bog'ida zavqli o'tkazib, zerikishga vaqt bo'lmaydi va dono xalqimiz aytganidek, “ming marta eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan afzal”!

“Anxor-Lokomotiv” bog'i ma'muriyati

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish