Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:19:36 (GMT +5), chorshanba, 20 mart 2019

Samimiy muloqot, ochiq suhbat, yoshlar bilan dillashuv

Toshkent temir yo'l muxandislari institutida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o'rinbosari Svetlana Artiqova ishtirokida anjuman o'tkazildi. 

Anjuman Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon xayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli nutqi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 17- yalpi majlisi yakunlariga bag'ishlandi. 


Rektor Ma'rufjon Rasulov tadbirni ochdi. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ishtirok etgan institut rektori M.Rasulov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan bayon etilgan dasturiy ma'ruza inson manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishdek ezgu g'oyalarga asoslanganligi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. Shuningdek, 13-14 dekabr kunlari o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n ettinchi yalpi majlisda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan 30 ta masala, shu jumladan 18 ta qonun ko'rib chiqilganligini ta'kidladi.


Senat raisining o'rinbosari S.Artiqova anjuman ishtirokchilariga samimiy tilaklar bildirib, mamlakatimiz xayotidagi bu ikki siyosiy voqea buyuk o'zgarishlarning huquqiy asosi sifatida e'tirof etdi. Talabchanlik, mas'uliyat va tashabbuskorlikga mezon sifatida qarayotgan yoshlarning yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish, shu orqali o'z burchini ado etish uchun nimalarga e'tibor qaratish zarurligi hususida fikrlar bildirdi.

Yangidan-yangi tashabbus-g'oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda ana yoshlarning nuqtai nazari va sa'y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda, dedi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan ushbu tadbirda yoshlarning fikrlashga undaydigan, taraqqiyotimizga g'ov bo'layotgan ko'pdan-ko'p muammolar ochiq-oydin tilga olindi.

Toshkent temir yo'l muxandislari instituti


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish