Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:21:35 (GMT +5), chorshanba, 20 mart 2019

Yo'lovchilar diqqatiga!

   

Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, bayram va dam olish kunlarida fuqarolarning munosib hordiq chiqarishlariga imkoniyat taqdim etish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tezyurar 56-sonli Toshkent – Urganch yo'lovchi poezdini Xiva shahriga qadar uzaytirdi. Qatnovlar haftaning seshanba, chorshanba, juma hamda yakshanba kunlari Toshkent janubiy vokzalidan amalga oshiriladi. 

Poezdning kelish va ketish vaqti quyidagicha:

56-sonli Toshkent - Urganch - Xiva yo'lovchi poezdi
Ketish – "Toshkent-Janubiy" vokzalidan soat 20:30
Yetib borish – Urganch vokzali soat 11:24
Ketish – Urganch vokzali soat 11:35
Yetib borish – Xiva vokzali soat 12:05

55-sonli Xiva - Urganch - Toshkent yo'lovchi poezdi.
Ketish – "Xiva" vokzalidan soat 13:45
Yetib kelish – Urganch vokzali soat 14:15
Ketish – Urganch vokzali soat 15:25
Yetib kelish – "Toshkent-Janubiy" vokzali soat 06:58

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi qisqa 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish