Toshkent havo darvozasi yana bittaga kơpayadi

Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Toshkent-Sharqiy» aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviasiyasi aeroport kompleksini qurish tơg'risidagi» PQ-3104 sonli va 2018 yil 3 yanvardagi «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviasiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishni tezlashtirish bo'yicha qo'himcha chora-tadbirlari tơg'risidagi» PQ-3456 sonli qarorlariga kơra poytaxtimizda yana bir xalqaro aeroport qurish ishlari davom etmoqda. E'slatib ơtamiz, mazkur inshoatni qurish vazifasi “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. 

  

 
Loyihaga kơra aeroport 2 ta terminaldan iborat bơladi. Dastlabki, terminal davlat rahbarlari va rasmiy delegasiyalarni kutib olish uchun mơljallangan. Bir vaqtning ơzida 250 nafar yơlovchini sig'dira oladigan navbatdagi terminal yơlovchilar bilan birga ishbilarmon va tadbirkorlarga xizmat kơrsatadi. Shuningdek, havo kompleksida zamonaviy yuk terminali faoliyati tashkillashtiriladi. 

Aeroport barcha turdagi havo kemalarini, shu qatorda Airbus A380 samolyo'tini kutib oladi va ularga xizmat kơrsatadi. Har birining uzunligi 4000 m ni tashkil etuvchi ikkita uchish-qơnish yơlaklari parvozlar xavfsizligini ta'minlashni hisobga olgan holda xalqaro talablarga javob beradigan tarzda qurilmoqda. Loyihada havo kemalarini turli noqulay ob-havo sharoitlarda ham uchish va qơnishini ta'minlovchi IKAO III toifasiga mansub zamonaviy svetosignal, radiotexnik va meteorologik asbob-uskunalar bilan jihozlash kơzda tutilgan. 


Bugungi kunga kelib birinchi uchish-qơnish yơlida 17 ming kubometr beton quyish ishlari amalga oshirildi. Ikkinchi yơlning qurilishida 125 ming kubometr tuproq ishlari bajarilgan. Qurilish-montaj ishlariga 300 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilingan. 200 nafardan ziyod yuqori tajribali mutaxassislar va ishchilar mehnat qilmoqda. 

Yaqin kunlarda yangi aeroport majmuasida ma'muriyat, “Ketring”, transformator nimstansiyalar binolari hamda yoqilg'i quyish kompleksi va aeroportning bir maromda faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi boshqa ob'ektlar qad rostlaydi.

Loyihaning birinchi bosqichini 2020 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI