O'zbekiston-Eron: Hamkorlik mustahkamlanmoqda
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yo'l tizimi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda ikki davlat temir yo'l sohasi o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yo'nalishlarni ko'rib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha fikr yuritildi.
Ta'kidlanishicha, keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida mamlakatimiz paxtasi va to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek, Erondan neft` mahsulotlarini olib kelish va O'zbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasida ham takliflar bildirildi.
Uchrashuv so'nggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi imzolandi.
Axborot xizmati
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI