Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

03:16:10 (GMT +5), seshanba, 21 Мая 2019

Investorlarni o'ziga jalb etgan temir yo'l

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Latviyaning SIA“SV Gulbis” kompaniyasi rahbari Vyacheslav Novikov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda “O'ztemiryo'lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati hududida to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyasi evaziga bunyod etilishi kutilayotgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Ta'kidlanishicha, uning umumiy maydoni 16 gektar bo'lib, 20 ming kv.m konteyner terminali uchun ajratilgan. Bu yerda 25 ming kv.m.da yopiq turdagi ombor, 14 ming kv.m.da yog'och va metal mahsulotlarini saqlash uchun majmua quriladi. Shuningdek, hududda servis markazi, bojxona xizmati, omborlarni boshqarish tizimi, ma'muriyat binosi kabi inshootlar qad rostlaydi. Yangi tashkil etilayotgan logistika markazi yiliga 3 mln. tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

E'tiborlisi, bu yerda qo'shimcha 350 ta yangi ish o'rinlari tashkil etiladi. Yuk saroyida yuk avtomobillari uchun ham bir qator qulayliklar yaratilib, u erda Shvetsiya va Germaniya davlatlarining texnika va texnologiyalarini o'rnatish ko'zda tutilgan.

Logistika markazida temir yo'l vagonlarni saralash, ortish va tushurish ishlari, yuklarni saqlash, ro'yhatdan o'tkazish, markirovka xizmatlari ko'rsatiladi. Markazni joriy yil so'nggida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.


Uchrashuv so'nggida SIA “SV Gulbis” kompaniyasi va “O'ztemiryo'lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish