“O'ztemiryo'lyo'lovchi” aksiyadorlik jamiyati: Vagon-restoran yo’lovchilar xizmatida

O'zbekiston temir yo'l tizimida yo'lovchilar uchun restoran-vagon, kupe-bufet, “bistro” vagonlar joriy etilgan. Hozirgi kunda maxalliy 6 ta yo'nalishda restoran-vagonlari,  3 ta yo'nalishda esa “bistro vagonlari” va kupe-bufet faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
 
Ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarida “Temiryo'lyo'lovchi servis” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ishchi-xodimlari yurtimiz aholisi va chet ellik mehmonlarga yo'l davomida yarim tayyor va turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash orqali xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bu ishga korxona tomonidan tajribali, o'z ishining ustalari jalb etilgan. 


Zamonaviy restoran-vagonlarida ovqat pishirish jarayoni to'liq elektrlashtirilgan, bugungi kun talabiga javob beruvchi jihozlar bilan ta'minlangan. Hozirda “Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda restoran-vagonlari oshpazlar hamda u yerdagi mutaxassislarning taklif va talablarini inobatga olgan xolda tayyorlanmoqda. 

Uzoq masofaga harakatlanuvchi poezdlarda restoran-vagon shinam va yorug' bo'lib, yo'lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Salqin ichimliklar, shirinliklar, tansiq taomlar muhayyo etilgan.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdida “bistro” vagon mavjud bo'lib, bu yerda tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yo'lovchilarga taqdim etiladi. Muhimi barcha mahsulotlar muntazam tarmoqning sanitariya epidimologiya markazi tomonidan nazoratdan o'tkaziladi. Narxlar hamyonbop, to'lovlarni naqd yoki plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin. 

Yana bir e'tiborga molik jihat, “Temiryo'lyo'lovchi servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xodimlari Markaziy Osiyo bo‘ylab harakatlanuvchi  xalqaro “Orient Silk Road Express” poezdida sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatib kelishmoqda.  

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI