Ot sportini rivojlantirish yo'lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 fevraldagi PQ-4194 sonli “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi qaroriga ko'ra Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko'paytirish maqsadida “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga o‘tkazildi.   


Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tashkil etilayotgan bolalar-o‘smirlar ot sporti maktabi hamda Farg'ona shahar sport yakkakurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining ot sporti bo‘linmasi o‘quvchilari keyinchalik bepul foydalanishlari uchun “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi va “Vodiy tulporlari” MCHJning Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko'paytirish majmualariga sport otlarini tegishlicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining mablag'lari hisobidan sotib olish belgilangan. 

 

Qisqa fursat ichida “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish va tubdan takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qancha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Xususan, joriy yilning o'zida Qozog'iston va Qirg'iziston Respublikalaridan 60 bosh Qorabayir zotli naslli otlarni olib kelish rejalashtirilgan. Shuningdek, naslni rivojlantirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidan ham 30 bosh zotdor tulporlarni keltirish ko'zda tutilgan. Ayni paytda majmuada trenajor zallari, otlarni parvarishlash uchun qishki va yozgi maxsus hududlar barpo etilmoqda.  

Shu bilan birga,  “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi direktori hamda O'zbekiston Respublikasi Ot sporti federasiyasining vitse-prezidenti etib Jahongir Sodiqov tayinlandi.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI