Hamkorlik: O'zbekiston va Tatariston o'rtasidagi tovar aylanmasini oshirish rejalashtirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari – Transport vaziri boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga rasmiy tashrif buyurib, Tatariston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – qurilish, transport, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, hamda bularning barchasi xalqaro standart va talablarga muvofiqligini o'rganishdir.

Tashrif davomida Qozon Kremlida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari - Transport vaziri A.Ramatov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnikhanov bilan uchrashdi.

Suhbat chog'ida iqtisodiyot, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish xususida muzokaralar olib borildi. Xususan, O'zbekiston delegatsiyasi rahbari joriy yilda 2018 yilga nisbatan O'zbekiston va Tatariston o'rtasidagi tovar aylanmasini 80%ga oshirishni rejalashtirayotganini ta'kidladi.

"O'zbekistonning Rossiya bilan savdo hajmi 6 milliard AQSH dollaridan ortiq bo'lsa-da, Tatariston bilan ushbu ko'rsatkichning kamida 10%ni tashkil etishi lozim", deb ta'kidladi O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri.

Qayd etish joizki, 2017 yilda mamlakatlarimiz o'rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 80%ga, 2018 yilda esa – 57%ga ortib, qariyb 146 million AQSH dollarini tashkil etdi. O'zbekistondan Tatariston bozoriga kiyim-kechak, trikotaj va paxta eksport qilinadi. Tataristondan esa, yurtimizga qora metall, plastmassa, kauchuk va rezina mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI