“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ: Xalqaro yo'nalishlardagi chegirma va imtiyozlar

Bugungi kunda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston hamda Qirgiziston davlatlariga yo'lovchi poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilgan.


Xususan, Toshkent-Moskva, Andijon-Moskva, Toshkent-Kazan, Toshkent-Urganch-Volgagrad, Toshkent-Urganch-Moskva, Toshkent-Urganch-Saratov, Toshkent-Novosibirsk, Toshkent-Ufa, Toshkent-Chelyabinsk, Toshkent-Olmaota, Nukus-Beyneu hamda Nukus-Olmaota yo'nalishlari joriy etilgan. Shuningdek, Toshkent-Bishkek-Baliqchi, Samarqand-Ostona mavsumiy yo'nalishlari ham mavjud. Bundan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelishuv asosida mamlakatimiz xududidan o'tuvchi Kulyab-Moskva, Dushanbe-Moskva va Xo'jand-Moskva yo'nalishlarida qatnayotgan yo'lovchi poyezdlariga ham xizmat ko'rsatiladi. 

Uzoq masofalarda harakatlanuvchi poyezdlarda yo'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etilgan. Xususan, yo'lovchilar O'zbekiston, Qozog'iston va Rossiya hududlaridan o'tadigan xalqaro yo'nalishdagi poyezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin.  

Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo'yicha quyidagilar belgilanadi:
    - chipta poyezdning jo'nash kunidan 45-41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 %;
     -  chipta poyezdning jo'nash kunidan 40-31 kun oralig'ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 %;
    -  chipta poyezdning jo'nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 %
   - chipta poyezdning jo'nash kunidan 45-41 kun oldin xarid qilinsa, plaskart  vagonlar uchun 45 %;
  - chipta poyezdning jo'nash kunidan 40-31 kun oralig'ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 35 %;
   - chipta poyezdning jo'nash kunidan 30-6 kun oralig'ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 25 %.

Poyezd jo'nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. 5 kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo'nalishlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar “O'zbekiston temir yo'llari” AJ, ““Qazaqstan temir jo'li” milliy kompaniyasi” AJ, “Rossiya temir yo'llari” OAJ temir yo'li ma'muriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.  

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi №PP-3584 “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari tog'risida”gi qarori ijrosi bo'yicha ham bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Poytaxtimiz va barcha viloyatlarda ixtisoslashtirilgan chiptaxonalar faoliyat yuritmoqda. 

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI