Yo'lovchilar diqqatiga!

2020 yil 6-7 oktyabr kunlari Samarqand - Qarshi yo‘nalishida texnik ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Toshkent - Qarshi - Toshkent yo'nalishida harakatlanuvchi poyezdlar harakat jadvaliga o'zgartirish kiritildi.

Unga ko'ra ushbu kunlarda Toshkent - Qarshi - Toshkent yo'nalishida harakatlanuvchi 760/759-sonli "Afrosiyib" poyezdlari hamda  Toshkent - Qarshi - Toshkent yo'nalishida harakatlanuvchi 4/3-sonli "Nasaf" poyezdlarining 2 ta reysi Toshkent - Samarqand - Toshkent yo'nalishida amalga oshiriladi.

"O'zbekiston temir yo'llarii"AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo'lovchilardan uzr so'raydi.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot taxliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI