“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tadbirkorlar fikr-mulohazalarini o'rganmoqda


“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tadbirkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, yuk tashish bo'yicha faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida “Feedback” (fikr-mulohaza) loyihasini taqdim etadi. 

Mazkur so'rovnomada hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ishbilarmon va tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. 

Ushbu loyihani tashkil etishdan maqsad, yuk jo'natish va qabul qilish jarayonida tadbirkorlar duch kelayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etishdir. 

Muammo va takliflaringizni o'rganib keng ko'lamda ko'mak berishdan mamnunmiz!

O'zbek tilidagi ilovaga o'tish: 
https://goo.gl/forms/oy4f88e6IaYk9UNE3 

Rus tilidagi ilovaga o'tish: 
https://goo.gl/forms/aJbJzGIG3O7xzFmH3

Axborot xizmati


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI