Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:20:49 (GMT +5), juma, 22 mart 2019

2-TUR. “AL RAYAN” – “LOKOMOTIV”

“Lokomotiv” futbol klubi Osiyo chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvini mehmonda Qatarning “Al Rayan” klubiga qarshi o‘tkazadi. “Jassim bin Hamad” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bahs 11 mart kuni, ya’ni bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:35 da start oladi. O‘yinda mezbonlar qizil, mehmonlar esa oq rangli libosda to‘p surishadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” 1-turni o‘z maydonida BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi o‘tkazib 2:0 hisobida zafar quchgan edi. “Al Rayan” esa ilk turda Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

Bugungi bahsda “temiryo‘lchilar”ga omad tilaymiz!


Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish