Germaniyaning “airport сonsulting partners GmbH Beratende Ingenieure” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Germaniyaning “airport consulting partners GmbH Beratende Ingenieure” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish ishlarida hamkorlikda faoliyat olib borish, o‘zaro ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha so‘z yuritildi. 

Tadbirda fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini jahon talabalari darajasida bunyod etish, ayniqsa uchish va qo‘nish yo‘laklarini xalqaro talab va me'yorlarga amal qilgan holda qurish jarayonlari haqida mulohaza yuritildi. Shuningdek, texnik va texnologik jihatdan xavfsizlikni ta'minlash, hududdagi bino va inshootlarni bunyod etishda so‘nggi texnologiyalarni qo‘llash, bu borada hamkorlikda ish olib borish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 
     
Uchrashuv so‘nggida Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini barpo etishda qurilish va texnik nazorat olib borish, ushbu jarayonni jahon talablari darajasida borishini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Germaniyaning “airport konsulting partners GmbH Beratende Ingenieure” kompaniyasi bilan muhandis-maslahat xizmati bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

Ma'lumot uchun: “airport konsulting partners GmbH Beratende Ingenieure” kompaniyasining 30 ga yaqin davlatda o‘z vakolatxonlari mavjud. Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyo qit'asidagi ko‘plab aeroport kompleklarini barpo etishda germaniyalik muhandislari ishtirok etishgan. Kompaniya asosan fuqarolik aviatsiyasini jahon talablari darajasida tashkil etilishini nazorat etish, zamonaviy muhandislik takliflari va loyihalari taqdim etish xizmati bilan shug'ullanadi. 

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI