“Yo’lRefTrans” AJdan chegirmalar


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3978-sonli qarori (17.10.18) amaliy ijrosini ta'minlash, tashki iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash, meva sabzavot maxsulotlari eksporti xajmini oshirish, qishloq xujalik maxsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, maxalliy meva sabzavotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston temir yo’llari aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.


Jumladan, bugungi kunda Respublikamizning barcha xudularida joylashgan temir yo’l bekatlarida muzlatgichli vagonlarda eksportga ortilayotgan qishloq xujalik mahsulotlarini tashish uchun, yo'l tarif to'lovlariga 30% dan 60% gacha chegirmalar taqdim etildi;

Maxsus refrijerator muzlatgichli vagonlarga yuk ortish uchun belgilangan vaqt me'yorlari imtiyozli 1 sutkadan 4 sutkagacha uzaytirildi;

Maxsus izotermik termos vagonlarga yuk ortish uchun belgilangan vaqt me'yorlari imtiyozli 2 soat 15 minutdan 1 sutkagacha uzaytirildi.

O'zbekiston Respublikasi hududidan muzlatgichli refrijerator vagonlarda eksport qilinayotgan qishloq xujalik mahsulotlariga qo’shni Qozog'iston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o'tishi uchun qo'llaniladigan yo'l tarif to'lovlariga 50% chegirma, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlariga olib borish uchun (import) yo'l tarif to'lovlariga 50% chegirmalar berildi.

“Yo’lReftrans” AJ sovutgichli refrijerator sektsiya va izotermik mahsus termos vagonlarida xo'l meva, sabzavot, poliz ekinlari va boshqa tez buziluvchan mahsulotlarni talab qilingan haroratlarni saqlagan holda, O'zbekiston Respublikasining istalgan hududidan, MDH va Boltiq bo'yi davlatlarining barcha xududlariga sifat va son kafolati ta'minlangan holda yetkazib beradi.

Bizning shior: Yagona tizm keng imkoniyatlar (AJ "Yo’lreftrans")

Qo’shimcha ma'lumotlar uchun: (71) 237-91-26, (71) 237-91-57, (71) 237-80-20.

Faks: (71) 238-81-60

Elektron pochta: oaoyolreftrans@mail.ru

O’rtacha:

Toshkent-Moskva yo’nalishida 200 tn / yuk narx – 22 000 AQSh dollari miqdorida;

Denov-Moskva yo’nalishida 200 tn / yuk narx – 22 500 AQSh dollari miqdorida;

Oltiariq-Moskva yo’nalishida 200 tn / yuk narx – 22 500 AQSh dollari miqdorida;

Samarqand-Moskva yo’nalishida 200 tn / yuk narx – 21 500 AQSh dollari miqdorida.

“Yo’lReftrans” AJ ma’muriyati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI