Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:14:41 (GMT +5), juma, 21 iyun 2019

“Andijon” bilan bahs Toshkentga ko‘chirildi, o‘yin “Lokomotiv”da bo‘ladi


Ma'lumki, 5-6-7 aprel kunlari futbol bo’yicha Superligada 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Navbatdagi turni “Lokomotiv” mehmonda “Andijon” klubiga qarshi o‘tkazishi lozim edi. Biroq Andijon shahridagi stadion mavsumga to‘liq tayyor bo‘lmagani bois futbol klubining iltimosiga ko‘ra o‘yin Toshkentga ko‘chirildi. Uchrashuv Toshkentga ko‘chirilganini PFL tasdiqladi va tashkilot rahbariyati bu haqida qaror qabul qildi. Shunday qilib Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Andijon” bellashuvi 4 aprel kuni “Lokomotiv” stadionida 18:00 da boshlanadi.

Aslida bu o‘yin Superliga taqvimiga ko‘ra 5 aprel kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi, biroq shu kuni “Paxtakor” o‘z maydonida o‘ynashi sababli, PFL “Lokomotiv” – “Andijon” bahsini 4 aprelga belgiladi. Mazkur uchrashuvda “Lokomotiv” maydon egasi sifatida harakatlandi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish