Maxsus turniketli vagon

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli ““Ko‘prikqurilish” Tresti” unitary korxonasi tomonidan nafaqat poytaxtimizda balki butun Respublikamiz bo‘ylab bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 

Yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilyapti, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda. Trestning ishlab chiqarish hududida esa jahon standartlariga mos temir-beton ustun va to‘sinlari tayyorlanmoqda. Qurilish materiallarini o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash maqsadida “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida yuk platformalari bazasida maxsus moslama (turniketli vagon) ishlab chiqildi.  

Zavod mutaxassislari tomonidan tayyorlangan turniketli vagon ko‘priklarni bunyod etishdagi katta hajmdagi butlovchi qismlarini tashishda foydalanishga mo‘ljallangan. Umumiy uzunligi 26 metr bo‘lgan ikkita platformada maxsus moslamalar o‘rnatilgan. Unda temir-beton mahsulotlari manzilga sifatli yetkazib boriladi. Shuningdek, mazkur turniket yukni ortish va tushurish uchun ham qulay. Hozirda ““Ko‘prikqurilish” Tresti” unitar korxonasi buyurtmasiga ko‘ra 11 ta ana shunday mahsulot tayyorlandi.  

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI