Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:33:00 (GMT +5), juma, 19 aprel 2019

Joriy yil bitiruvchilari ish bilan to'liq ta'minlandi

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari Tursunqulov  O'.N. rahbarligida Toshkent temir yo'l muhandislari instituti bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga bag'ishlangan ishchi komissiyaning yig'ilishi bo'lib o'tdi.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJning 60 dan ortiq ishlab chiqarish sub'ektlari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metullurgiya kombinati” DK va manfaatdor tashkilot vakillari ishtirokidagi yig'ilishda institutni joriy yilda bitiradigan 1093 nafar bakalavr va magistrlari bilan individual suhbatlashdilar.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ Boshqaruvi raisi v.b. Xasilov X.N. 2019 yil 20 fevraldagi “Jamiyat ta'lim muassasalari bilan jamiyat boshqarmalari va yirik korxonalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to'g'risida”gi 82–N-sonli buyrug'i asosida bitiruvchilarni jamiyat tizimidagi korxonalarga ishga jalb qilish maqsadida fevral-mart oylarida o'tkazilgan davra suhbatlari,  sayyor yig'ilishlar va yoshlarni moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbirlar yosh mutaxassislarning maqsadlarini aniqlab olishga xizmat qildi. 

Institut bitiruvchilarni ishga taqsimlash jarayonida bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to'g'risidagi olingan so'rov-anketalari asos qilib olindi. Bitiruvchilarning oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagiga e'tibor qaratildi. Komissiya har bir bitiruvchiga taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlari, lavozimi, ish haqi miqdori to'g'risidagi va boshqa zarur ma'lumotlar bilan tanishtirildi. 

Yig'ilish davomida komissiya raisi, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Boshqaruvi raisi o'rinbosari O'tkir Tursunqulov ta'lim jarayonida yuqori reyting to'plagan bitiruvchilar bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida iqtidorli bitiruvchilarga ilm bilan shug'ullanish taklifini kiritdi. Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanligini ta'kidlab, yosh olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash jamiyatning ustuvor vazifasi ekanligini qayd etdi. 

Shuningdek, to'lov-kontrakt bo'yicha ta'lim olgan bitiruvchilar o'z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishiga e'tibor qaratildi.

Axborot- tahliliy mediya markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish