"Xo'jakent" dam olish maskani mavsumga tayyor

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Xo‘jakent" dam olish maskani 7,94 gektar maydonda, tabiatning so‘lim go‘shasida joylashgan bo‘lib, yangi mavsumda dam oluvchilar uchun shay holatda. 


Mazkur majmua ikkita dam olish binosidan iborat bo‘lib, jami 240 o‘ringa mo‘ljallangan. Inshootda 1, 2 kishilik va lyuks xonalar mavjud bo‘lib, dam oluvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xonalar keng va yorug', issiq suv, isitish va sovutish tizimlari joriy etilgan. 280 o‘rinli oshxonada to‘rt mahal ovqat berib boriladi. Ochiq turdagi basseyn ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, bu yerda yopiq sport majmuada futbol va volleybol musobaqalarini  o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bolalar uchun o‘yin maydonchasi, stol tennis, billyard ham dam oluvchilar ixtiyorida.  

E'tiborlisi, mazkur so‘lim go‘shada milliy choyxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Unda dam oluvchilar tansiq taomlarga buyurtma berishlari yoki o‘zlari tayyorlashlari mumkin. Har kuni Beldirsoy, Chorbog', Chimyon tog' yon bag'rlariga sayyohatlar ham uyushtiriladi. Shu bilan birga dam oluvchilarning vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida kontsertlar, sirk tomoshalari ham o‘tkaziladi. Sayyohlarga yana bir qulaylik, 50 yoki undan ko‘p kishidan iborat guruhlarga 20 foiz chegirmalar ham taqdim etiladi. Bir so‘z bilan aytganda Xo‘jakent dam olish maskani barchani o‘z bag'riga chorlab qoladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI