Yana bir yangi stansiya ishga tushirildi

O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi tashuvlar sonini oshirish, tranzit yuklarni tashish, vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash borasida keng ko'lamli ishlar olib borish maqsadida “Surxonobod” stansiyasi barpo etildi. Tantanali ochilish marosimida ushbu yangi yuk o'tkazish maskani ikki mamlakatni bog'lovchi “yangi darvoza” sifatida faoliyat olib borilishi haqida alohida qayd etildi.

Shu kunga qadar mamlakatimizning janubiy qismidagi tranzit tashuvlar qo'shni Turkmaniston Respublikasining “Boldir” stansiyasi orqali amalga oshirilgan bo'lsa, endilikda eksport va import yuk aylanmasi yangidan bunyod etilgan “Surxonobod” stansiyasi orqali amalga oshiriladi. Stantsiyada davlat chegarasini kesib o'tadigan temir yo'l hududida bojxona xizmati va boshqa nazorat turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

“BOSHTRANSLOYIHA” AJ mutaxassislari loyihasiga ko'ra bunyod etilgan yangi temir yo'l stantsiyasi “Termiz maxsus qurilish” UK ishchi-xodimlari tomonidan barpo etilib, 34 ming metr kub tuproq ishlari amalga oshirildi va hudud atrofidagi 4 kilometrga yaqin temir-beton panjaralar bilan o'raldi.

“Surxonobod” stansiyasi ikki davlat o'rtasidagi tovar ayriboshlash, eksport va import xizmatlarini ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eng muhimi ikki davlat xalqlarlari o'rtasida o'zaro qo'shnichilik aloqalarini mustaxkamlashga xizmat qiladi. 

Axborot tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI