Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

14:29:26 (GMT +5), seshanba, 16 iyul 2019

O'zbekiston – Qozog'iston: O'zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlanmoqda

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Sauat Minbaev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuk va yo'lovchi tashish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Bugungi kunda O'zbekiston va Qozog'iston nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishda balki, transport tizimini rivojlantirish borasida ham ishonchli va manfaatli aloqalarni yo'lga qo'ygan. Ayniqsa, temir yo'l tarmoqlarining o'zaro xamjihatlikda faoliyat olib borishi yuqori natijalarni qo'lga kiritishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ma'lukmi, O'zbekistondan jahon bozoriga temir yo'llarda yetkaziladigan yuklarning katta qismi Qozog'iston xududi orqali olib o'tiladi. Shuni inobatga olib ikki davlat temir yo'l tizimida harakat xavfsizlikni ta'minlash, yo'lovchi va yuk tashishni ko'paytirish yo'nalishida doimo hamkorlikda ish olib borishmoqda. 

Navbatdagi uchrashuvda ham bu borada fikr almashildi. Xususan, ikki davlat temir yo'l tarmoqlari o'rtasida yuk va yo'lovchi tashish hajmini oshirish, tranzit yuklari olib o'tishda qo'shimcha imtiyozlar yaratish borasida so'z yuritildi. O'zaro suhbat chog'ida dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilindi va amalga oshirilishi zarur bo'lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi Xusnutdin Xasilov ishtirok etdi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi imzolandi. 

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish