Yoshlar kuniga bag'ishlangan tadbir

Poytaxtimizning «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog'ida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Temiryo'lchi yoshlar forumi» bo'lib o'tdi. Unda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ raxbariyati, tegishli korxona-tashkilot, boshqarma xodimlari hamda tizimda faoliyat olib borayotgan faol temiryo'lchi yoshlar, davlat va keng jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda tizimda samarali faoliyat yuritayotgan istiqbolli yosh kadrlarni tanlash hamda yosh rahbar kadrlar tayorlash tizimini takomillashtirish maqsadida poyezdlar harakati bilan bog'liq mutaxassisliklar o'rtasida "Eng yaxshi yosh temiryo'lchi" tanlovi o'tkazildi. Tashishlarni tashkil etish, logistika va yuk tashish, yo'l xo'jaligi, lokomotivlardan foydalanish, vagon xo'jaligi, aloqa va signallashtirish, elektr ta'minoti, sanoat va strategik rivojlantirish yo'nalishlari bo'yicha eng kuchlilar saralab olindi. 

Yoshlar forumida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritganlar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyatining fahriy yorliq, statuetka va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, forum doirasida joylarda o'tkazilgan "Megatalant" shou-tanlovining g'olib chiqishlari, iqtidorli temiryo'lchi yoshlardan iborat QVZ jamoasining sahna ko'rinishlari, bayram konsert dasturlari namoyish etildi.






Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI