Termizda sanitar drujinachilar bellashuvi bo'lib o'tdi

"Termiz MTU" unitar korxonasi qoshidagi 4302-sonli tiklash poezdi hududida “Toshkent”, “Qo'qon”, “Qo'ng'irot”, “Buxoro”, “Qarshi”, “Termiz”  Mintaqaviy temir yo'l uzellari va “Uztemiryo'lmashta'mir” UK qoshidagi sanitar-drujinachilar guruhlari ishtirokida o'quv-mashqlari bo'lib o'tdi.

Mazkur o'quv-mashq yig'inida 7 ta guruhda 70 nafar sanitar-drujinachilar ishtirok etdi. O'quv-mashq yig'ilishi ishtirokchilari 5 bosqichli ya'ni, birinchi bosqich saf ko'rigi, ikkinchi bosqich yer qimirlaganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, uchinchi bosqich zaharli moddalardan jabr ko'rganlarga birinchi yordam, to'rtinchi bosqich vaqtinchalik turar joy ya'ni palatka qurish, beshinchi bosqich og'ir bemorlarning shifoxonada parvarish kabi yo'nalishlarda bellashdilar. 

Har bir bosqich, guruhlarning nazariy va amaliy bilim va ko'nikmalari oldindan tayinlangan nufuzli xakamlar hay'ati tomonidan nazorat qilib borildi. E'tirof etish joizki, o'quv-mashqlarida barcha jamoalar faol ishtirok etib, o'zlarining bilimlari, epchilliklari va chaqqonliklarini namoyish etishdi. Tadbir so'nggida hakamlar hay'ati ushbu o'quv-mashq musobaqalarida har bir jamoa birinchi bo'lishga loyiq ekanligini e'lon qildi.

Yig'ilish yakunida barcha ishtirokchilar O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo'l mintaqaviy tashkilotining “Faxriy yorlig'i” va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.  


O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati 
temir yo'l mintaqaviy tashkiloti


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI