Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi bunyodkorliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yili 19 fevralda Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Mirzaobod tumani hududidagi bo‘sh yerlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga ajratib berish to‘g'risida topshiriq bergan edi. 

Qisqa fursatda qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatida foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra 2019-2020 yillarda foydalanilmayotgan maydonlarda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash, sug'orish uchun artezian quduqlarini qazish ishlari amalga oshiriladi. Mirzaobod tumanidagi 1910 gektar maydonda 55,7 kilometr kollektor-drenaj tarmoqlarida ta'mirlash va tiklash ishlari bajariladi. Shuningdek, dasturga ko‘ra 1344 gektar maydondagi 24,5 kilometr sug'orish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Eng muhimi mazkur hududda 150 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallangan zamonaviy parrandachilik kompleksi ishga tushiriladi. 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Barcha harajatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag'lari va tijorat bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday ulkan bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi va “O‘zparrandasanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirladi. 





Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI