“Tulpar-Tal’go” poyezdining chiptalariga chegirmalar joriy qilinadi

“O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ va ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ qarashli “Passajirskie perevozki” AJ rahbariyati ishtirokida o'zaro chiptalar narxini pasaytirish masalasi bo'yicha muzokara o'tkazildi.


Unga ko'ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ tomonidan №001/002 sonli Toshkent – Olmaota – Toshkent yo'nalishidagi tezyurar “Tulpar-Tal`go” poyezdining chiptalariga belgilangan tarif bahosiga qo'shimcha chegirmalar berilishiga qaror qilindi. Xususan, mazkur yo'nalishga poyezd yo'nashidan 0-5 kun oldin chipta xarid qilinsa SV hamda kupe turidagi vagonlarga – 25 foiz, o'rindiqli vagonlarga – 15 foiz, qo'shimcha yig'imlarga – 53 foizli chegirma beriladi. 

Shuningdek, yaqin kunlarda №001/002 sonli tezyurar “Tulpar – Tal`go” poyezdining chipta narxlarini pasaytirish masalasi yana qo'shimcha ravishda ko'rib chiqiladi. 


“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI