“Afrosiyob” ning yangi reyslari yo‘lga qo‘yiladi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, 2019 yil 1, 2, 3 sentabr kunlari “Sаmarqand – Тоshkent – Sаmarqand” yo‘nalishida №773/774– sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qiladi.
2019 yil 1, 2, 3 sentabr kunlari “Sаmarqand-Тоshkent- Sаmarqand” yo‘nalishida harakatlanadigan №773/774-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari soat 11:08 da Sаmarqand vokzalidan, soat 17:00 da esa Тоshkent-Мarkaziy vokzalidan harakatlanadi.
IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI