“Sharg'unko'mir” AJda yuz bergan xolat bo'yicha “O'zbekiston temir yo'llari” AJning rasmiy bayonoti

Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan “Sharg'unko'mir” AJda joriy yilning 14-15 avgust kunlari xodimlar tomonidan ish tashlashlar bo'lib o'tgani haqida ma'lumot berildi. Ushbu xabar keng jamoatchilikda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun “O'zbekiston temir yo'llari” AJ rasmiy bayonot beradi.

Ushbu xolat bo'yicha “O'zbekiston temir yo'llari” AJ rahbariyatining 2019 yilning 14 avgustdagi №995–N-sonli buyrug'iga asosan maxsus ishchi gurux tashkil etildi. Ishchi gurux – “O'zbekko'mir” AJ bosh direktori o'rinbosari (guruh rahbari), “O'zbekko'mir” AJ ijro intizomini nazorat qilish bo'limi boshlig'i, Iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi bo'lim boshlig'i o'rinbosari, Yuridik boshqarma yuriskonsulti, Ichki audit xizmati auditori, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bo'lim mudiri, Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavsizligi Surxondaryo boshqarmasi bosh mutaxassisi, “Termiz MTU” UKning Xodimlar va ijtimoyi masalalar bo'lim boshlig'i va Kasaba uyushmasi hududiy qo'mita raisidan tashkil topgan bo'lib, “Sharg'unko'mir” AJ korxonasida ishlab chiqarish bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi. Tushunmovchiliklar yuzasidan barcha ishchi-xizmatchilarga to'liq ma'lumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoshlarini belgilanish tartibi, mukofot pullari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so'ng xodimlar yana ish joylarida o'z ishlarini davom ettirishgan.

Maxsus komissiya norozilik holatlarini atroflicha o'rganib chiqdi. Natijada 9 nafar mansabdor shaxs o'z lavozimidan ozod etildi. Mazkur korxonada ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy xolatlarini to'liq o'rganish maqsadida ishchi guruh mutaxassislari “Sharg'unko'mir” AJda o'z ishini davom ettirmoqda.

Ma'lumot uchun, korxona bo'yicha o'rtacha ish xaqqi miqdori 2 343 ming so'mni tashkil etadi, jumladan asosiy faoliyat bilan shug'ullanadigan kasb egalari bo'yicha:

- Ko'mir qazib olish zaboyning kon ishchisi (GROZ) - 3 800 ming so'm;
- Yer osti elektrchilangari – 2 100 ming so'm;
- Yer osti mustaxkamlovchisi – 2 490 ming so'm tashkil etadi.

Korxona ishchilarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga bog'langan holda mukofotlash Nizomlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Yer osti usulda ko'mir qazib oluvchi va lahmlar o'tuvchi asosiy kasb egalari uchun ishbay ish xaqi tizimi ishlab chiqilgan barcha bajaradigan ishlari bo'yicha xronometraj kuzatuvlar asosida tannarxlar ishlab chiqilgan.

2019 yil 1 avgust kuni holatiga jamiyatda tasdiqlangan shtat jadvali bo'yicha ish o'rni 596 tani, amalda xodimlar soni 542 kishini tashkil etib bugungi kunda 54 ta (jumladan, direktsiya – 21 ta, “Shargunkumir” AJ buyicha 33 ta) vakant ish o'rinlari mavjud. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI