Hurmatli yo'lovchilar!

"O'ztemiryo'luvchi" AJ ma'muriyati mamlakatimiz mustaqilligining 28-yilligi munosabati bilan 2019 yil 1, 2, 3 - sentabr kunlari Toshkent - Samarqand - Toshkent yo'nalishida qo'shimcha "Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining qo'shimcha qatnovi yo'lga qo'yilganligini eslatib o'tadi. Ushbu sanalarda “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari soat 11:08 da "Sаmarqand" vokzalidan, soat 17:00 da esa "Тоshkent-Мarkaziy" vokzalidan harakatlanadi. 

Ushbu kunlarda chiptalarga chegirmalar beriladi. Chipta olishda hech qanday muammo yo‘q. Barcha toifadagi vagonlarga 10% chegirmali joylar temir yo'l chiptaxonalarida sotiladi.   

Boshqa yo‘lovchi poezdlariga ham bemalol chipta xarid qilib sayohatga borishingiz mumkin.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI