Andijon viloyatiga media-tur tashkil etildi

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida axborot siyosatini yanada rivojlantirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish hamda Jamiyatning faoliyati, qo'lga kiritilgan yutuqlari va mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ishlab chiqarish va u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni joriy etilishiga oid tadbirlarni  televidenie, radio, bosma va elektron nashriyotlarda keng yoritish maqsadida Andijon viloyatidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarigaa mediatur tashkil etildi. 

Jumladan, tadbir davomida jurnalistlar “Andijon mexanika zavodi” sho'ba korxonasi va uning Paxtaobod filiali, shuningdek, Andijon multimodal transport-logistika markazlariga tashrif buyurib, u yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. 

Ommaviy axborot vositalari vakillari “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari va transport-logistika bo'linmalarining rahbarlari va mutaxassislari bilan  to'g'ridan-to'g'ri  muloqot o'tkazishdi. O'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to'laligicha javob olishdi.

Mediatur juda mazmunli bo'lib, unda ishtirok etgan jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi va sohaning mas'ul mutaxassislaridan olingan ma'lumotlarini keng ommaga yetkazishda muhim axamiyatga ega bo'ldi. 










Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI