TROLL.UZ blog administratorining savoliga sharh va izoh

Kuni-kecha, ijtimoiy tarmoqlarda TROLL.UZ blog asdministratori tomonidan “Chiptalarni sotib olish jarayonida hamma qo'shimcha to'lovlarini qo'shib ko'rsatishni iloji bormi?” degan savol berildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ vakillari mazkur blog administratori bilan bog'lanib ushbu masalaga oydinlik kiritildi. Jumladan, hozirgi vaqtda chiptalarni sotib olish jarayoni https://e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali bir necha bosqichda amalga oshirilishi va buyurtmani tasdiqlashdan oldin, tizim (ACU “Express-3”) chipta narxining asosiy qismini shakillantirib, ya'ni chiptaga tegishli ma'lumotlarni tayyorlab berishi haqida batafsil tushuntirildi. Tasdiqlangan kalkulatsiyadan so’ng, tizim ichidagi to'lovlarni inobatga olib buyurtmani shakllantiradi va chiptaning yakuniy narxi to'g'risida ham ma'lumot berildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu bosqichda, ya'ni elektron chiptani sotib olishdan oldin, tizim xaridorga chipta narxidan tashqari, komissiya to'lovi ham olinishi haqida eslatma tariqasida ma’lumot beradi.

Suhbat chog'ida TROLL.UZ blog administratori mavjud tizimning takomillashtirish borasida o'z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi va ular "O'zbekiston temir yo'llari" AJ vakillari tomonidan inobatga olindi.

Shu o'rinda, elektron chipta sotib olish borasida yana bir dolzarb masalaga oydinlik kiritsak. Yangi yil arafasi va bayram kunlaridagi imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid etishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Ma’lumot uchun, ACU “Express-3”da chipta harid qilishda kommisiya to’lovi, chegirma va imtiyozlar xalqaro tizimda ko'zda tutilmagan. O'zbekistondan tashqari ACU Express-3 tizimi MDH, Latviya, Litva va Estoniyada ham ishlaydi va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishning umumiy texnologiyalaridan biri deb hisoblanadi.

Hurmatli yo'lovchilar! Elektron chiptani rasmiylashtirishdan avval sotib olishning bosqichma-bosqich ko'rsatmalari bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.

IZOH: Yo'lovchi poyezdlar bo'yicha qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“Oztemiryo’lyo’lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI