Rahbar va yoshlar: “Qo'ng'irot-MTU”da uchrashuvi bo'lib o'tdi

“Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr kunidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida mamlakat yoshlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida berilgan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida  “Rahbar va yoshlar”  loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.  

Unda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o'rinbosari U.Tursunkulov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi A.Murtazaev,  yetakchilar Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi O.Sadriddinov, Mintaqaviy uzel boshlig'ining rejim va kadrlar bo'yicha o'rinbosari E.Maxmudov, shuningdek, korxonaning barcha yoshlar yetakchilari hamda 200 nafardan ortiq yosh ishchi-xodimlar ishtirok etdi.           

Ma'lumki, yurtboshimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida hozirgi kunda yoshlar bilan ishlash masalalarida amalga oshirilayotgan ishlarda,  jumladan, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yosh oilalarning  arzimas oddiy sabab va bohonalar tufayli buzilayotgani va hududlarda yoshlar bilan sayyor qabullar tashkil etish sohalarida  birmuncha kamchiliklarga yo'l qo'yilganligini va buni bartaraf etishga qaratilayotgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ta'kidlab o'tgan edi.  

“Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasida  bo'lib o'tgan uchrashuv avvalida yetakchilar Kengashi raisi v.b O.Sadriddinov so'zga chiqib, ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi va so'z navbatini Jamiyat boshqaruv raisi o'rinbosari U.Tursunkulovga berdi.


–  E'tiborlisi, so'nggi uch  yillikda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlar masalari bo'yicha respublika idoralararo kengashi tuzilganligini, ayni damda barkamol avlodga qaratilayotgan e'tibor natijasida  ularni qo'llab-quvvatlash hamda yosh kadrlarni yuqori rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotganligiga har birimiz guvoh bo'lim turibmiz, – deydi Jamiyat boshqaruv raisi o'rinbosari U.Tursunkulov. – Misol tariqasida aytadigan bo'lsam,  hozirgi kunga qadar  joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari viloyat hokimi o'rinbosari etib tayinlangan. Bu yutuqlardan har birimiz quvonishimiz tabiiy. Havas qilishga arziguylikdir!


Yana shuni alohida ta'kidlash joizki,  yaqinda bo'lib o'tgan saylovlarda ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan 9 nafar yigit-qizlarning 10 foizini yoshlar tashkil etadi. Prezidentimizning yoshlarga qarata: “Men sizning yoningizda turib, kamarbasta  bo'laman!” – deya, ko'zlari yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlarga qarata – “Sizlarning ham orangizda shu kabi el dardi va yurt ravnaqi uchun o'qib, izlanadigan iqtidorli yoshlar borligiga  ishonaman!” – degan purm'no so'zlari yoshlarga misoli qanot bo'lmog'i darkor. Jumladan,  muhtaram Prezidentimiz  “Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birgalikda quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi”, deya ta'kidlashi har biringiz uchun berilayotgan e'tibor va  qattiq ishonch na'munasidir.    

Ta'kidlash lozim, birgina,  o'tgan 2019 yil uzel yoshlari uchun omadli yil bo'ldi. Ahil jamoa yoshlari bir qator muvafaqqiyatlarga erishib, Respublika miqyosida yetakchi o'rinlarni egallashdi. Ya'ni,  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2019 yil uchun tasdiqlangan chora-tadbirlar o'z vaqtida sifatli bajarilgani, sportning futbol turi bo'yicha Qo'ng'irot tumani korxona, tashkilot, muassasalar o'rtasida o'tkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasida  “Lokomotiv” jamoasi faxrli 1-o'rinni egallagani, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi X.Xasilovning “Yoshlar ittifoqi kubogi” uchun bo'lib o'tgan yakuniy musobaqa bosqichida uzel jamoasi faxrli 2-o'rinni egallagani, tizimdagi yosh xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o'tkazilgan “Temir yo'l malikasi” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida  Ayajan Togaybaeva faxrli 2-o'rinni egallagani, yosh avlodning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida o'tkazilgan “Zukko kitobxon” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida Ulug'bek Orazbaev faol ishtirok etgani, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va faol yosh oilalarga imtiyozli uy-joy olishda yordamlashish maqsadida 5 nafar yosh oilalarga O'zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi tomonidan uylarini imtiyozli ipoteka asosida sotib olishlari uchun tavsiyanomalar berilgani haqida batafsil ma'lumotlar tinglandi.


Uchrashuv tizim rahbariyati bilan yoshlarning bevosita ochiq muloqoti savol-javob tariqasida davom ettirildi. Unda yoshlar o'zlarining takliflari va yuzaga kelayotgan kamchiliklari to'g'risida fikr mulohazalarini bayon etib, tizim rahbariyati tomonidan kerakli ko'rsatmalarni olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI